Hamkorlik dasturi

Alltest bilan daromad oling. O‘quv materiallarini yaratish yoki kurslarni targ‘ib qilish orqali foyda ko‘ring.

 

Dastur kim uchun mos keladi?

 

- O‘qituvchilar va repetitorlarga

Siz platformamizda mavjud fanlar bo‘yicha o‘quvchilar va abituriyentlar bilan ishlaysizmi? Ta’lim berishda bizning platformamiz va materiallarimizdan foydalanib, o‘quvchilaringiz uchun 20% chegirma hamda xarid summasining 15 – 30% miqdoridagi keshbekka ega bo‘ling.

 

- Amaliyotchi mutaxassislarga

Talab yuqori bo‘lgan tarmoqlarda bilim va ko‘nikmalarga egamisiz? O‘z mualliflik kurslaringizni yaratish va sotishni istaysizmi? Bizga murojaat qiling va Sizga bu g‘oyani amalga oshirishda yordam beramiz. Keyinchalik esa platformadagi kurslaringiz sotuvidan keladigan foizlar shaklidagi passiv daromadga ega bo‘lasiz.  

 

- O‘quv dasturlarini onlayn rivojlantirish istagida bo‘lgan kurs va o‘quv muassasalariga

Ta’lim sohasida anchadan buyon faoliyat yuritasizmi? O‘qituvchilar va o‘quv dasturlariga egamisiz? Xizmatlaringizni onlayn amalga oshirishga urinib ko‘rishni istaysizm? Alltest bu masalani eng qulay shaklda tashkil eta oladi.

 

Taklifimiz Sizga qiziqmi? Unda formasini to‘ldiring.

Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, info@alltest.uz pochtasiga murojaat qiling.

 

Repetitorlar Uchun


Alltest hamkoriga aylangach, shaxsiy promokodga ega bo‘lasiz.

Natijada o‘quvchilaringiz platformadagi har bir xaridi uchun 20% chegirmaga ega bo‘ladi.

Siz uchun esa promokodingiz orqali qilingan xarid summasidan 15% keshbek taqdim etiladi.

 

5 ta o‘quvchidan – 20%.

20 ta o‘quvchidan – 25%

50 dan ortiq o‘quvchidan – 30%.

 

To‘lov har haftada hamkorning kartasiga yoki bankdagi hisobiga o‘tkaziladi.