Alltest – talabalikka yetaklovchi bilimlar makoni!

Abituriyentmisiz? Eng katta orzularingizdan biri talaba bo‘lishmi? Orzularni biz bilan amalga oshiring! Biz sizni talabalik sari yetaklovchi onlayn kurslarga taklif qilamiz. Alltest bilan kirish imtihonlaridan yuqori ballarni qo‘lga kiriting!

O'qishni boshlash

O‘zingizga mos grafikni yarating va istagan joyingizda shug‘ullaning!

Eng kerakli ma’lumotlar bir joyda jamlangan!

Nimani kutyapsiz?

Kurslar katalogida siz uchun barcha fanlar tayyor!

O'qishni boshlash

Platforma qanday tashkil etilgan?

Kurslar katalogi Sizni kutmoqda! Kirib, tanishib chiqishingiz mumkin.

Siz uchun Alltest bilan taʼlim olish afzalliklarini namoyish etish maqsadida video tayyorladik. Videoni ko‘ring va qabulga qanday tayyorlanishga o‘zingiz qaror qiling.

TAʼLIM QANDAY OLIB BORILADI?

O‘qish

Talabalar fikri

Hammasi tushunarli va ortiqcha maʼlumotlarsiz berilgan.

Onlayn kurslarni sinab ko‘rish haqida uzoq o‘yladim, chunki tushunarli bo‘lmasligidan qo‘rqardim. Lekin darslar juda lo‘nda va tushunarli ekan. Birga tayyorlanayotgan sinfdoshlarimga ham sinab ko‘rishni maslahat berdim.

Men eng boshidan boshlagan bo‘lsam ham, fanni ancha yaxshi o‘zlashtirib oldim.

Boshlang‘ich sinflardan matematikani yaxshi o‘qimaganim uchun, qo‘shimcha darslarga borishga uyalardim. Menga bu darslar judayam yoqdi! O‘qituvchi hammasini aniq tushuntirib bergan, men esa har kuni shug‘ullanishga harakat qilaman. Kirish imtihonlarigacha tayyorlanishga ulgurishimga ishonaman.

Darslarni o‘zimga qulay paytda ko‘raman. Bu judayam zo‘r!

Dars vaqtini o‘zimning ishlarimga qarab tanlashim mumkin. Barchasi tushunarli ekanligidan savol yuzaga kelmadi. Bu o‘qituvchim Miss Malikaning mehnati! Men nihoyat avvallari bir necha marta o‘tilgan mavzularni tushunishni boshlayapman. Bundan tashqari, matnlar ham juda qiziqarli!

Yaxshi tushunmagan mavzularimni qayta o‘rganyapman va ko‘p yangiliklarni bilib olyapman!

Maktabda kimyoni yaxshi o‘qiganman, chunki bu fan menga juda yoqardi. Lekin yaxshi o‘rganolmagan mavzularim bor edi. Tibbiyot bo‘yicha OTMga kirish uchun 100% tayyor bo‘lishni xohlayman va Alltest kurslari menga juda yoqadi.

Qiziqarli darslar.

Bu kurs judayam yoqdi! Ayniqsa maʼlumotlarning berilish usuli: videodagi illyustratsiyalar va qiziqarli tushuntirishlar yoqdi. Bu o‘rganishni ancha qiziqarli qiladi va yangi mavzular tez esda qoladi. Testlar va uy vazifalarida o‘rganganlarimni mustahkamlashim mumkin.

Bu kurs qandayligi haqida rosa ikkalandim, lekin endi sinab ko‘rganimdan xursandman.

Bir nechta darslarni o‘rganib, bemalol Alltest kurslarini sotib olganimdan xursandligimni ayta olaman. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, o‘z tajribamdan aytaman: darslarning sifati aʼlo, yaratuvchilar bilim olishingiz haqida chindan ham qayg‘uradi. Men yana boshqa fanlarni, masalan, Ona tili va Ingliz tilini sinab ko‘rmoqchiman, bu fanlar keyingi yilda imtihonlarimda bo‘ladi.

Hali ham ikkilanyapsizmi? Alltest bilan taʼlim olish qulayligini baholash uchun istalgan kursga yozilib, sinov muddatiga ega bo‘ling.

Batafsil