Alltest’ning boshqa ta’lim platformalaridan asosiy farqi:
Abituriyentga qaratilgan e’tibor. Platforma foydalanuvchilari asosan abituriyentlardan iborat bo‘lganligi sababli, platformaning butun faoliyati OTMga qabul jarayoni mavzusiga qaratiladi;
Mashg‘ulotlar ketma-ketligi. Abituriyent darsni yuqori foizli o‘zlashtirish bilan tugatmaguncha yangi darslarga kira olmaydi;
Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘z farzandi/o‘quvchisining o‘zlashtirishini nazorat qilish imkoniga ega;
Tizim ijtimoiy raqobat va yutuqlar uchun rag‘batni amalga oshiradi. Natijada abituriyent boshqa abituriyentlarga nisbatan o‘z bilimini baholash imkoniga ega bo‘ladi.
Videodarslar amaliy tajribaga ega malakali o‘qituvchilar tomonidan tayyorlanadi.
Alltestʼda taʼlim jarayoni tuzilmasi quyidagicha: boʻlim (Boʻlim) – boʻlim qismi(Dars) – bob (dars qismi). Har bir dars, shuningdek, boʻlim tamomlangach, abituriyent sinov topshiriqlarini bajaradi. Materialni oʻzlashtirish darajasini baholash uchun abituriyent fan boʻyicha turli sinov topshiriqlaridan oʻtadi. Agar abituriyent o‘tish ballini to‘play olmasa, u keyingi darsga kira olmaydi. Har bir omadsiz topshirilgan nazorat sinovidan so‘ng abituriyentga qayta sinov topshirig‘i uchun vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Takrorlash, materialni o‘rganish va qayta topshirish uchun vaqt beriladi.
Yo‘q, bunday xizmat mavjud emas. Kursni xarid qilish kelgusi akademik (o‘quv) yiliga qadar Alltest’da obunaga ega bo‘lishni anglatadi. Kurslar samaradorligini baholash va xarid qilish qarorini qabul qilish uchun Sizga sinov muddati beriladi. Uning davomida materiallar sifatini baholash hamda platforma qulayligi va sozligini baholay olasiz.
Har bir foydalanuvchi (abituriyent) shaxsiy profiliga o‘tish uchun shaxsiy havola mavjud. Unda shaxsiy yutuqlar tizimi aks ettiriladi. Buning yordamida belgilangan kursning foydalanuvchilari o‘rtasida o‘zlashtirish unumdorligini, materiallarni o‘zlashtirish tezligi va sifatini taqqoslash mumkin. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, abituriyent natijalari platformaning boshqa foydalanuvchilari natijalari bilan solishtiriladigan ijtimoiy yutuqlar tizimidan foydalaniladi. Bundan tashqari, ota-onalar solishtirilayotgan vaqt doirasida belgilangan o‘zgarishlarning dinamikasini ham kuzatishi mumkin. Bularning barchasi ta’lim jarayoni qanchalik samarali amalga oshirilayotgani va o‘quvchining jarayonga qanchalik e’tibor qaratayotganini tushunishda yordam beradi.
Alltest platformasidagi kurslar amaliyotchi pedagoglar tomonidan ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan. Kurs fan bo‘yicha asosiy bilimlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun maktab dasturi bilimlarini tizimlashtirish va to‘ldirishda yordam beradi. Abituriyentning qabulga tayyorligi darajasini va raqobatbardoshligini baholash platformadagi ijtimoiy statistika yordamida bajarilishi mumkin.
Shu o‘rinda, biz natija uchun kafolat bera olmaymiz va tayyorgarlik ko‘rishda muqobil vositalar ham foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Ha, biz vaqti-vaqti bilan bayramlarga bag‘ishlangan aksiya va chegirmalar o‘tkazib turamiz; promokod taqdim etish uchun o‘qituvchilar uyushmasi va media manbalar bilan hamkorlik qilamiz. Bundan tashqari kurslar to‘plami: OTMga kirish uchun kompleks yechim sifatida bir nechta fanlarni xarid qilish imkoni mavjud.
Kurs uchun to‘lov UzCard/Humo kartalaridan foydalangan holda PayMe/Click to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ha, biz nisbatan faol va tirishqoq Alltest foydalanuvchilarini taqdirlash va ular bilan yangi qiziqarli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.
Abituriyent uchun qulay mashg‘ulot intensivligi har bir fan bo‘yicha haftasiga 4 soatni tashkil qiladi. Kursni taxminan o‘rtacha 8-10 oy ichida yakunlash mumkin. Kurs bundan-da intensivroq tamomlansa, o‘qish muddati qisqaradi. Kurs tezligidan qat’iy nazar, har bir foydalanuvchi uchun platformadan foydalanish huquqi keyingi o‘quv yilining boshigacha amal qiladi.
Ha, ammo kursdan maksimal samaradorlikka ega bo‘lish uchun ta’lim jarayonini imkoni boricha tezroq boshlashni maslahat beramiz. Bunday holatda Siz o‘rtacha tezlikda kursni o‘rganib olishingiz mumkin. Agar Siz uchun Alltest OTMga kirishda tayyorgarlik uchun asosiy vosita bo‘lmasa, unda kursni qo‘shimcha ma’lumot manbasi sifatida kechroq xarid qilish mumkin.
Savolingizga javob topa olmadingizmi?
Bizga yozing va biz barcha savollaringizga javob beramiz!