О проекте

Alltest – bu abituriyentlar uchun masofaviy ta’lim va ma’rifat platformasi.

Bu ikki innovatsion tashkilot:

– «Ime Solutions Pro» MChJ – bu IT Park rezidenti, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Coursera va EdX kabi dunyodagi eng yirik BUOOK platformalari (barcha uchun ochiq onlayn kurslar) tajribasidan ilhomlanib, kompaniya ta’lim platformasining mahalliy startapini amalga oshirdi. Talabalar o‘zlashtirishini nazorat qilish tizimi va yutuqlarning global tizimi innovatsion yechim bo‘ldi. Shuningdek, loyiha foydalanuvchilar tajribasi, platformadan foydalanish qulayligi va xavfsizligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi tajribalarini o‘zida aks ettiradi.

–  «Novza Education» NTM – bu bir necha yillardan buyon abituriyentlarni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga qabul uchun tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlim muassasasi. O‘quv kontent yosh va ilg‘or pedagoglar tomonidan tayyorlandi.  Videodarslar va mashg‘ulotlar konspekti masofaviy taʼlim sohasidagi ilg‘or yechimlarni taklif etadi. Taʼlim jarayoni o‘quvchi o‘zlashtirishining majburiy nazorati tizimiga asoslangan. Ota-ona yoki o‘qituvchi abituriyentning natijalari va o‘zlashtirishini kuzatib borish imkoniga ega.

Alltest platformasida foydalanuvchilar tanlangan o‘quv kurslari bo‘yicha platformadan foydalanish uchun obunani xarid qiladi. 2021-2022-yilda kontent 8 ta o‘zbek tilidagi umumtaʼlim  fanlari bo‘yicha taqdim etilgan. Kelgusida imtihon savollari simulyatori, rus tilida kontent, shuningdek, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha maʼrifiy  xarakterga ega kontent ko‘rinishida kurslar qo‘shilishi kutilmoqda.

Alltest jamoasi Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiya fondiga loyihani amalgan oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.