Ona tili
Kurs ona tili fanini o‘rganadi hamda savodxonlikni va so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Tilshunoslikning fonetika, orfografiya, leksikologiya va boshqa bir necha bo‘limlarini o‘rganish davomida abituriyentlar ona tili bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar va kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘radilar!
-
Oʻtash uchun optimal vaqt:
8 oy
Kursni oʻtash davomiyligi -
ga qadar mavjud
01.09.2030
Kurs mavjud -
Kursni xarid qildingiz
713
Foydalanuvchi xarid qilgan kurslar
Kurs tavsifi
- Kurs dasturi maktab darsliklaridagi barcha zaruriy mavzularni qamrab olgan bo‘lib, asosiy urg‘u “Savodxonlik”, “Lug‘at boyligi” hamda “Grammatika”ga tegishli bo‘limlarga qaratilgan.
- Kurs davomida siz nutq tovushlarining xususiyatlari, so‘zlarni imloviy jihatdan to‘gri qo‘llash, nutq birliklaridan o‘rinli foydalanish, so‘zlarning yasalish usullari hamda so‘z turkumlarini farqlash, gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash va tinish belgilaridan o‘rinli foydalanish kabi mavzular yuzasidan bilimlaringizni mustahkamlaysiz
- Kurs – abituriyentlarga mavzularni video darslar va matnli ma’lumotlar orqali o‘zlashtirish uchun keng yo‘l ochadi, qolaversa, o‘zlashtirilgan bilimlarni sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi turli topshiriqlarning shakllantirilganligi kurs kuzatuvchilarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.
- Kurs ko‘p yillik tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali o‘qituvchi tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, kusrdan faqatgina eng zarur va dolzarb mavzular o‘rin olgan.
- Har bir yangi foydalanuvchi platformadagi kurs yuzasidan kontent bilan tanishish uchun 48 soatlik sinov muddatidan foydalanish imkoniyatiga ega!
-
Interaktiv platforma
-
Qulay mashgʻulotlar jadvali
-
Darslarni qayta koʻrish va bilimlarni mustahkamlash imkoniyati
-
Xarajatlarning kamligi
Kurs dasturi
Kurs mualliflari
Maxsumov Jamshid
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Kamolov Nodirjon
TDTU oʻqituvchisi
Bilimlaringizni rivojlantiring!
O'zingizga qulay vaqtda va joyda shug'ullaning