Alltest Mfaktor loyihasida

01.11.2021
“Alltest” platformasining o‘quv ishlari bo‘yicha bosh metodisti, platformaning matematika o‘qituvchisi, yosh ixtirochi olim – Nodir Kamolov shu haftaning payshanba kuni MFaktorda jonli efir orqali chiqish qiladi.

Mfaktor – muvaffaqiyat chorrahasi, biznesdagi g‘alaba kafolati, iqtisodiy maktab, o‘zbekistonlik tadbirkorlar kesishadigan nuqta, yuksalish va rivojlanish maskani, yangi g‘oya, kelajak sari qadam, O‘zbekistonning rivojlanish impulsi. Bu ta’riflarni yana ancha davom ettirish mumkin.

Jonli efirga ulanish vaqti: 4-noyabr, payshanba soat 20:00.

Jonli efir orqali siz “Alltest” platformasi bilan yaqindan tanishishingiz va ta’lim sohasining yangi bosqichi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!