Trenddagi zamonaviy kasblar

03.08.2021



Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi? Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish mumkin? Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?

Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar ravishda sunʼiy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin boʻlgan kasblardan qochish lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlashi mumkin.

Maʼlum bir ishning dolzarbligiga turli omillar taʼsir qiladi: doimiy rivojlanish, yangi mashina va robotlarning yaratilishi orqali inson hayotining yaxshilanishi, qoʻl mehnati orqali bajariladigan bir qancha amallar oʻrnini  texnika bajarishi, sunʼiy intellekt takomillashishi va hakozolar.

Uzoq kelajakda qaysi kasbga talab yuqoriroq boʻlishini avvaldan aytish biroz qiyin. Biroq yaqin 5 yil ichida yuqori trendda boʻlishi kutilayotgan kasblarni sanab oʻtishimiz mumkin.

Loyiha menejerlari

Hozirda har bir kompaniya oʻziga tegishli loyihalarini ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun malakali loyiha menejeriga ega boʻlishni istamoqda. Bugungi kunda loyiha menejerlariga talab har doimgidanda yuqori. Odatda, kompaniyalarda bir vaqtning oʻzida bir nechta dasturlar ishlaydi va loyiha menejeri koʻp vazifani bajarish va bajartirishga masʼul shaxs hisoblanadi. Loyiha menejerlari loyihaning asosiy maqsadlari va koʻlamini aniqlash, rivojlanishning yaxlit rejasini tuzish, ijro bosqichida jamoani boshqarish, loyihaning yakuniy yopilishiga bosh-qosh boʻladi.

Buxgalter

Daromad va xarajatlarni kuzatishda, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini taminlashda, investorlarga, menejment va hukumat vakillariga biznes qarorlarini qabul qilishda zarur boʻlgan miqdoriy moliyaviy malumotlarni taqdim etishga yordam beruvchi soha buxgalteriya hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish korxonaning moliyaviy operatsiyalarini muntazam va batafsil roʻyxatga olishni anglatadi. Ahamiyatlisi, buxgalterlarga talab doimiy tarzda mavjud boʻladi.

Chet tillaridan birortasini bilsangiz, masofadan turib kattaroq soʻmmadagi maosh toʻlaydigan bir necha kompaniyada bir vaqtning oʻzida buxgalter sifatida faoliyat yurita olishingiz ham mumkin!


Dasturiy taʻminot ishlab chiqaruvchisi (Software manufacturer)

Bilamizki, ushbu kasb IT (axborot texnologiyalari) sohasidagi juda mashhur va yaxshi haq toʻlanadigan ish hisoblanadi.



Virtual haqiqat dizayneri(VR designer)

VR minigarnituralar va boshqa gadjetlarga talab katta ekanligi oʻz-oʻzidan ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi dizaynerlarga kelajakda yaxshi  daromad topish mumkin boʻlgan ish oʻrinlarining mavjud boʻlishiga ishora hisoblanadi.

Marketing boʻyicha mutaxassis

Marketing tadqiqotlari - bu kelajakda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan sohaladan biri sanaladi, sababi kompaniyalar doimiy tarzda yanada koʻproq rivojlanish va kattaroq natijalarga erishishga intilishadi. Mazkur jarayonlarning samarali tarzda amalga oshirilishida esa bevosita marketing tadqiqotlarining oʻrni beqiyos sanaladi.

Bunda tovar va xizmatlarini innovatsion usullar bilan targʻib qilish va brend, imijni yaratadigan, saqlaydigan va obroʻsini oshiradigan kasb egalari ham marketologlar safiga qoʻshilib ketadi.



Kelajagingiz uchun eng yaxshi ish oʻrinlari haqida oʻylaganingizda, avvalo, kasbning jamiyatda tutgan oʻrni qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzingizning qobiliyatlaringiz va qiziqishlaringizni koʻproq inobatga olganingiz maʼqul. Sababi, har qanday ishni sanʼat darajasida qila olish uchun uni yaxshi koʻrib bajarish talab etiladi.

Aslini olganda, jamiyat uchun keraksiz kasbning oʻzi yoʻq. Istalgan kasb obroʻsini oshirish unda faoliyat yuritayotgan shaxslarga bevosita bogʻliqdir, desak, adashmaymiz!